O‘zbek tilidagi adabiyotlar mobil ilovada to‘planadi

eʼlon qilindi
Mamlakatimizda “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi
Foto: Maxxyustas / depositphotos.com

«Yoshlar uchun ming kitob» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi. Hujjatga koʻra, aholiga oʻzbek adabiyotini bepul yuklab olish va oʻqish uchun maxsus mobil ilova yaratiladi.

loyihadan ko‘zlangan maqsad yoshlarning o‘zbek tilidagi sifatli adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, butun aholining ta’lim va madaniyat darajasini oshirishdan iborat.

Dunyoga mashhur 1000 ta kitobning o‘zbek tiliga tarjimasi yoshlarning jahon adabiyotining eng sara namunalaridan foydalanishi, dunyoqarashi va bilimini kengaytirish imkonini beradi.

Kitoblarni nashr etish va tarjima qilish ikki bosqichdan iborat bo‘ladi.

Birinchi bosqichda-kitoblar ro‘yxati har yili ekspert kengashi tomonidan shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda esa– aholi tomonidan ovoz berishiga ro‘yxat qilinadi, Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi va shu orqali yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi. Loyiha bo‘yicha har yili nashr etiladigan kitoblar ro‘yxatiga ilmiy va ommabop asarlarning kamida 20 % kiritiladi.

2023 -2024-yillar oralig‘ida tanlangan dastlabki 50 ta kitobni tayyorlash va chop etish choralari ko’riladi. Nashr etish jarayoni eng yaxshi takliflarni tanlov asosida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari orqali bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va BAA o‘rtasida qo‘lyozmalar va elektron kitoblar almashiladi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek