O‘zbekistonda alkogol biznesidan davlat byudjetiga qancha pul tushdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi
Foto: HdcPhoto / www.depositphotos.com

2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 13 ming 274 ta o‘rta biznes sub’ekti 14,6 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘lagan, deb xabar berdi O‘zbekiston soliq qo‘mitasi.

20 ta tashkilot 400,8 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lagan bo‘lsa, ularning tovar aylanmasi qariyb 1,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, mazkur tashkilotlar 12,9 milliard so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan. Ushbu yirik kompaniya orasida birinchi uchta o’rinni spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan zavodlar egallaydi. Birinchi o‘rinda «Elsun-sharob» korxonasi 10 oyda 31,9 milliard so‘m to‘lovni amalga oshirdi. Ikkinchi o‘rinda «Mastona» kompaniyasi 30,4 milliard so‘m soliq to‘lagan, uchinchi o‘rinda esa 26,3 milliard so‘m to‘lagan «Raupxon» korxonasi bo‘ladi.

Foto: Davlat soliq xizmati

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda spirt uchun aksiz solig‘i ikki baravar oshishi mumkin, deb xabar bergan edi.

Shuningdek