O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qariyb 2 milliard dollar sarmoya kiritiladi

eʼlon qilindi
Davlatimiz rahbari ushbu sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

2024-yilda O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida 140 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda bir kun avval prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda maʼlum qilindi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tadbirda sifatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, mashhur brendlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘llari muhokama qilindi.

Kelgusi yilda O‘zbekistonda umumiy qiymati 2 milliard dollarlik 141 ta elektrotexnika bo‘yicha loyihani amalga oshirish, shuningdek, qayta ishlangan mis ishlab chiqarishni 20 % oshirish rejalashtirilgan. Ular eksport hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazmoqchi, 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 2 milliard dollargacha oshadi.

Elektrotexnika sanoatiga zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy etish uchun byudjetdan 100 million dollar ajratiladi.

O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda umumiy qiymati 640 mln dollarlik 224 ta elektrotexnika bo‘yicha loyiha amalga oshirildi. 2023-yil oxiriga qadar bunday mahsulotlar eksporti 1 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Ichki bozor sig‘imi 3 mlrd dollarga baholanmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 2022-yilda O‘zbekistonda 20 trillion so‘mlik elektr jihozlari ishlab chiqarilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek