Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari sammitning yalpi majlisida maʼruza qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-noyabrdan 2-dekabrgacha Dubayda bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BTM) iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Sammitda 150 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konventsiyasini amalga oshirish va ekologik muammolarga qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Davlat rahbari sammitning yalpi majlisida maʼruza qiladi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi.

O‘zbekiston 1993-yilda BMT Hadli konventsiyasiga qo‘shilgan va 2018-yilda Parij bitimi ishtirokchisiga aylangan.

Avvalroq, «Kursiv» BMT O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo loyihalar xizmati ofisini ochadi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek