KWIKPAY toʻlov tizimi Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalarini yoʻlga qoʻydi
eʼlon qilindi
Mir, Visa va Master Card kartalaridan pul o'tkazish mumkin
KWIKPAY xalqaro to‘lov tizimi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi.
Rossiyada chiqarilgan Mir, Visa va Master Card kartalaridan UZCARD va HUMO’ga mablag‘larni o‘tkazish mumkin.
O’tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.
Bir martalik o‘tkazmaning maksimal miqdori 16,4 million so‘mni tashkil qiladi. Bir oy ichida bitta kartadan 164 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan pul jo‘natish mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Turkiyaning Turan to‘lov tizimi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘yishi mumkinligi haqida yozgan edi.