Ekspertlar: O‘zbekistondagi tog‘ kurortlarining qozog‘istonliklar va rossiyaliklar orasida mashhurligi oshadi

eʼlon qilindi
“Kursiv” sayyohlik tashkilotlari vakillarining fikrlarini to‘pladi

Foto: saiko3p / depositphotos.com

Umumiy sodiqlik dasturi va yagona tizim «Shimbuloq» (Qozog’iston), «Rosa Xutor» (Rossiya) va «Amirsoy» (O’zbekiston) tog’-chang’i kurortlarida paydo bo‘ladi. Bu tizimnig asosiy rejasi sayyohlarga kurort xizmatlari uchun bonuslar va chegirmalar olish imkonini beradi. Bu mintaqada turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. «Kursiv» turizm tashkilotlari vakillaridan O‘zbekistondagi tog‘ turizmi Yevro-Osiyo alyansiga qo‘shilgandan keyin qanday o‘zgarishini so‘radi.

Asia Adventures marketing bo‘yicha menejeri Vladimir Dolgiy yuqoridagi mavzu bo‘yicha o‘z javoblarini berdi.

«Bunday tizim katta samara bermaydi, biroq “Shimbuloq» va «Roza Xutor» mijozlari orasida O‘zbekistonning tog‘-chang‘i kurorti sifatida tan olinishi biroz oshadi. Eng qizig‘i, kurortlar Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansini tuzmoqdalar va birgalikda targ‘ibot qiladilar, bir-birlari bilan tajriba almashadilar va menimcha, bu ittifoqqa boshqa ko‘plab kurortlar qo‘shiladi”- o‘z fikrini bildirdi Vladimir Dolgiy.

«Amirsoy» MChJ QK marketing bo‘limi boshlig‘i Turjanova Elvina, bu savolga boshqacha izoh berdi. Uning fikricha, sodiqlik dasturi Markaziy Osiyoda tog‘ chang‘isini ommalashtirishga olib keladi va ski-pass sayohat xarajatlarini kamaytirish, yangi marshrutlarni sinab ko‘rish, chang‘ida uchish mahoratini oshirish va rivojlantirish imkonini beradi.

AROSTR sayohat agentligini vakili Ellada Dulseva shunday dedi: «Sodiqlik dasturi sport va tabiatni sevuvchilar uchun juda samarali bo‘lishi mumkin. Ammo bu turli toifadagi sayyohlarning katta oqimini jalb qilishiga shubha qilaman».

Turjanova Elvina qo’shimcha qildi: «Biz loyihamizning rivojlanishini raqobatda emas, balki Yevrosiyo tog‘ kurorti alyansi (ETKA) ishtirokchilari o‘rtasida to‘plangan tajribani birlashtirish va almashishda ko‘ramiz. Bizning umumiy maqsadimiz – turizm va mehmondo‘stlik sanoatida yangi yo‘nalishlarni kashf etish, sifat va raqobatbardoshlikni oshirish, turizm madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishdir».

Vladimir Dolgiy qo‘shimcha qilishicha, har qishda chang’ida uchadigan chet elliklar, ayniqsa Rossiyadan kelganlar soni ko‘payib bormoqda. Chimyon, Beldersoy, Amirsoyda yangi tog‘-chang‘i kurortlari, xizmat ko‘rsatish va mehmonxonalar, barlar, kafelar sonini yaxshilash ustida ish olib borish kerak. Umuman olganda, bunday ishlar amalga oshirilmoqda, lekin faolroq bo’lishi muhim.

Ellada Dulseva aytishicha, jozibali bo’lish uchun tog’-chang’i kurortlari infratuzilmasi ustida ishlash kerak, yuqori sifatli trassalar qurish kerak. Mehmonlar muammosiz yoki kechikishlarsiz chang’i yonbag’irlaridan bahramand bo’lish imkoniyatini qadrlashadi. Marketing va reklama ham juda muhim. O‘zbekistonning tog‘-chang‘i turizmi sohasidagi salohiyati haqida xabardorlikni oshirish uchun samarali reklama zarur.

Bizning tog‘-chang‘i kurortlarimiz Rossiya va Qozog’iston tog‘-chang’i kurortlariga nisbatan qanday raqobatbardosh afzalliklari haqida AROSTR vakili shunday dedi: «O‘zbekistonning afzalliklari juda ko‘p. Birinchidan, ajoyib manzarali ajoyib tog‘li er. Ikkinchidan, narxlar Rossiya va Qozog‘istonnikidan past, bu esa ularni ko’proq sayyohlar uchun qulay qiladi. Uchinchidan, madaniy jihati. Dam olish maskani mehmonlari mamlakatimizning o‘ziga xos madaniyati va an’analariga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu tashrif buyuruvchilar uchun ajoyib muhit va o‘ziga xos tajriba yaratadi».

Asia Adventures marketing menedjeri fikri bo‘yicha, O‘zbekistonda keskin kontinental iqlim mavjud va shuning uchun qorning o‘ziga xos sifati tufayli u quruqroq va havodorroq. Buning uchun ko‘plab chang’ichilar va snoubordchilar O‘zbekistonga borishadi. Shuningdek, sayyohlar nafaqat chang’i sporti, balki qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini ko’rish uchun ham kelishadi. Bundan tashqari, ko’pchilik o’zbek oshxonasining turli taomlarini tatib ko’rish uchun keladi.

Avvalroq, «Kursiv» Navoiy shahrida sayyohlar uchun gastronomik ko‘chasi ochildi, deb yozgan edi.

Shuningdek