BAA suv tanqisligi muammosini hal qilish uchun 150 million dollar sarflaydi

eʼlon qilindi
Zaif mamlakatlar pul oladi
Foto: Pixabay/Pexels

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) zaif mamlakatlardagi suv loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi, bu haqda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasida ma’lum qilindi.

«BAA suv tanqisligi muammosini hal qilish uchun 150 million dollar miqdorida yangi mablag‘ ajratilishini e’lon qiladi», — deyiladi TASS axborot agentligi konferensiya bayonotidan iqtibos keltirgan holda.

Shuningdek, mamlakat Jahon bankining maqsadli fondiga 100 million dollar ajratdi. Mablag‘lar metan chiqindilarini kamaytirish va neft gazini yoqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

«Kursiv» BMTning 28-konferensiyasi doirasida O‘zbekiston hukumati va Sanoat innovatsion guruhi o‘rtasida chiqindilarni hisobga olish milliy reestrini yaratish bo‘yicha memorandum imzolangani haqida yozgan edi.

Shuningdek