“Kamaz” O‘zbekistonda yuk mashinalari savdosini ko‘paytirmoqchi

eʼlon qilindi
Bu masala UzAutoTrailer va Truck Asia Leasing kompaniyalari bilan muhokama qilindi
Foto: Depositphotos

Rossiyaning «Kamaz» kompaniyasi Oʻzbekistonda yuk avtomobillari savdosini oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati. Kompaniya vakillari ushbu masalani UzAutoTrailer va Truck Asia Leasing kompaniyalari rahbariyati bilan muhokama qildi.

Xususan, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan og‘ir yuk avtomobillarini Rossiyaning mamlakatimizdagi sarmoyaviy loyihalarida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Joriy yilning bahorida «Kamaz» mamlakatimizda o‘quv markazlarini ishga tushirish rejasini e’lon qildi. Rossiya kompaniyasi rahbari oʻrinbosari Janna Xaliullinaning fikricha, Oʻzbekiston strategik bozor hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Kamaz» 2018-yilning mart oyida «UzAutoTrailer» korxonasi obyektlarida yuk mashinalarini yig‘ishni boshlagan edi. Zavod Jomboy shahrida (Samarqand viloyati) joylashgan.

Avvalroq, «Kursiv» Yevroosiyo taraqqiyot banki Kamaz ustav kapitalidan chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek