Lacetti sotuvdan olinadi

eʼlon qilindi
2024-yilning boshidan
Foto: Eagle2308 / depositphotos.com

UzAuto Motors 2003-yildan beri UzAuto Motors zavodida yig‘ilib kelinayotgan Chevrolet Lacetti / Gentra modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Lacetti konveyerni 2024-yil boshida tark etishi kutilmoqda. Bu haqdagi maʼlumotni «Kursiv»ga UzAuto Motors tasdiqladi.

Uning oʻrniga Onix, Cobalt 2 modellari taqdim etiladi. UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini sotishni 15-dekabrdan so‘ng qayta tiklaydi. Biroq, Lacetti uchun shartnomalar borasida hech qanday xabarlar yo’q.

UzAuto ma’lumotlariga ko’ra, zavod Lacetti ishlab chiqarishni to’xtatib, bo’shatilgan quvvatni Onix va Trecker modellarini ishlab chiqarishiga rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lacetti, Cobalt va Damas faqat onlayn sotuvda, deb e‘lon qilgan edik.

Shuningdek