Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyotlar Buxoroga yo‘naltirildi

eʼlon qilindi
Yomon ob-havo tufayli
Foto: Piqsels

Rossiyaning Azimut va S7 aviakompaniyasining Moskvadan Urganchga uchayotgan yoʻlovchi reyslari Buxoroga yoʻnaltirildi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

«Bugun ertalab Moskvadan Urganchga S7 va Azimut aviakompaniyalarining reyslari manzil aeroportidagi qalin tuman tufayli Buxoroga yoʻnaltirildi», deb xabar berdi agentlikka Uzbekistan Airports vakili.

Uning qoʻshimcha qilishicha, samolyotlarning qoʻnishi muvaffaqiyatli oʻtgan va havo laynerlari ob-havo yaxshilanganidan keyin Urganchga uchishga hozirlik koʻrmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airways Urganchdan Sankt-Peterburgga reyslar sonini oshirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek