Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogini qo‘lga kiritishdi

Yigitlar birinchi o‘rinda
Foto: O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi

Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlik (sablya) bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi.

Jamoaviy yo‘nalishda ham qizlar, ham o‘g‘il bolalar bor mahoratlarini ko‘rsatib, yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Dunyoning eng yaxshi sablya bo‘yicha deb tan olingan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Gruziya, Germaniya va Ukraina jamoalarini orta qoldirgan bo‘lsa, finalda Turkiya terma jamoasini mag‘lub etdi. O‘zbekiston yoshlar tarkibi- Abdazov Islombek, Abdukarimbekov Sardor, Dauletnazarov Azizbek, Qodirov Zuhriddin.

Ayollar terma jamoasi ham yuqori saviyada ishtirok etib, Bolgariya, Polsha va Italiya terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Jamoaviy yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Fernanda Herrera, Guliston Perdiboyeva, Nargiza Jaksiboyeva va Jumamuratova Ayako’z o‘zlarini ko‘rsatishdi. 

Yakka dasturda esa, O‘zbekiston sharafini himoya qilishga Fernanda Herrera chiqdi va bronza medalini taqdim etdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonlik qilichbozchilar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb yozgan edi.