Oltin o‘sishda to‘xtagani yo‘q

eʼlon qilindi
28-noybrga nisbatan 5 gr oltin quymaning narxi 140 ming so’mga qimmatlashdi
Foto: Unsplash

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston oltin quymlarini narxi oshdi. 28-noybrga nisbatan 5 gr oltin quymaning narxi 140 ming so’mga qimmatlashdi.

LBMA grafigi bo‘yicha, oltin qiymati 23-noyabrdan ko‘tarila boshlagan. O’sha kuni bir troy untsiyasining narxi 1992,85 dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1-dekabrga kelib bu narx 2045,4 dollarga ko’tarildi (kechki fiksing). Oltin 2,6 %ga qimmatlashdi.

Xozirda 5 gr quymaning narxi 4,24 mln bo‘lsa, 28-noyabr kuni esa bu raqam 4,1 mln so‘m edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda oltin narxi yana rekordlarni yangiladi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek