Qashqadaryoda kardiologiya markazi qurilmoqda

eʼlon qilindi
Rossiyaning “Infarkt” fondi ko'magida
Foto: Unsplash

Qashqadaryo viloyatida kardiologiya markazi qurilishi davom etmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Loyihada Rossiyaning «Infarkt» fondi ishtirok etmoqda.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, shifoxonada Rossiya Federatsiyasidan kelgan shifokorlar ishlaydi va minimal invaziv operatsiyalarni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, Rossiya mobil klinika va mobil kompyuter tomografini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda zamonaviy kardiologiya markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

«Infarkt» fondi 2022-yilda tashkil etilgan. Tashkilot malakali yordam ko‘rsatadi, yurak-qon tomir tizimining oldini olish uchun mobil komplekslar va tadbirlarni tashkil qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» avstriyaliklar Namangandagi kardiologiya markazini zamonaviy jihozlar bilan yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek