Qoraqalpog‘istonda muddati o‘tgan 201 million so‘mlik mayonez va pivo topildi

eʼlon qilindi
Mahsulotlar To‘rtko‘ldagi omborxonada saqlangan
Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahridagi omborxonadan umumiy qiymati 201,5 million so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat va spirtli ichimliklar aniqlandi, deb xabar qildi Soliq qo‘mitasi.

Jumladan, 66,6 million so‘mlik 107 ming shisha pivo, 5,9 million so‘mlik 638 shisha vino va konyak saqlangan.

Shuningdek, omborxonadan 129 million so‘mlik 17 ming quti mayonez topildi.

Soliq qoʻmitasi xodimlari tomonidan yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni saqlash faktlari boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya nazorati va sogʻliqni saqlash boshqarmasiga taqdim etildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston aholisi iste’mol xarajatlarining deyarli yarmi oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklarga to‘g‘ri kelishini yozgan edi.

Shuningdek