O‘zbekiston Superligasining eng qimmat futbolchilari kimlar

eʼlon qilindi
Ro‘yxatda to‘rt nafari “Paxtakor”dan

Foto: gergitek / depositphotos.com

Trasfermarkt ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi va Pro-ligasidagi 590 nafar futbolchilarning bozor qiymati yangilandi.

«Paxtakor» yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov superliganing eng qimmat futbolchisi deb topildi, uning narxi 1,2 mln yevroni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda esa Oston Urunov Hojiakbar Alijonov bilan eggalab turibdi, ularning har birinng narxi 1mln yevro.

Yana uch futbolchining narxi 900 000 yevroga baholandi. Bu «Paxtakor» vakili Sardor Sobirxojaev, «OKMK» futbolchisi Xurshid G‘iyosov va «Nasaf» himoyachisi Sherzod Nasrullaev.

TOP 10talikdan to‘rt nafar futbolchi «Paxtakor» klubi, ikki nafar futbolchi «Navbahor» jamoasi sharafini himoya qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» Paxtakor O‘zbekiston chempioni, deb xabar bergan edi.

Shuningdek