Beeline Amir Temur maydonidagi bosh ofisini sotmoqda

eʼlon qilindi
Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi aloqa markazi
Foto: Beeline

Beeline Uzbekistan mobil operatori Toshkent shahridagi bosh ofis va aloqa markazlari binolari sotilishini e’lon qildi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Amir Temur maydoni yonida joylashgan. Bosh ofisning umumiy maydoni 13,7 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Shu bilan birga, undagi barcha elektr ta’minoti tizimlari va muhandislik kommunikatsiyalari yaxshi holatda. Binoning jismoniy eskirishi 15% ga baholanmoqda.

«Beeline» aloqa markazi poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Qoratosh massivida joylashgan. Binoning umumiy maydoni 2,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

Qoʻshimcha ma’lumotlarni +998901361020 raqamiga qoʻngʻiroq qilib yoki ABRasulov@beeline.uz elektron pochta manziliga yozish orqali olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Beeline poytaxtdagi IT Park majmuasidagi binolardan birini egallashi ma’lum bo‘lgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» «Beeline»ning joriy yilning uchinchi choragidagi daromadi 16 % oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek