Yangi “King Long” Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Ular “TTZ ASB – Shimoliy vokzal” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

6-dekabr kuni Toshkent koʻchalarida Xitoydan olib kelingan King Long elektrobuslari harakatlana boshladi, deb xabar qildi «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi qarori bilan Toshkent shahri aholisi uchun 200 ta yuqori sig‘imli King Long avtobuslari xarid qilindi. Transportni Xiamen King Long United Automotive kompaniyasi yetkazib berdi. Bundan tashqari, yetkazib beruvchi qo‘shimcha 2 ta King Long elektr avtobusini bonus sifatida taqdim etdi.

Mutaxassislar elektroavtobuslarni qabul qilib olgach, transport vositalarini ko‘zdan kechirishdi, shuningdek, haydovchilarni ulardan foydalanishga o‘rgatishdi. Mashg‘ulotlar yakunlangach, haydovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

King Long elektroavtobuslari 14-raqamli «TTZ ASB – Shimoliy vokzal» yo‘nalishida harakatlanadi.

Avvalroq, O‘zbekistonda rasmiylar transport sohasida gender tengligini ta’minlab, ayollarga katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishga ruxsat bermoqchi ekani xabar qilingandi.

Shuningdek