Peruning sobiq rahbari ozod etildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
U 16-yil o‘tirib chiqdi
Foto: Global Look Press

Peruning sobiq prezidenti Alberto Fuximori 16-yillik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqdi. Dastlab u 25-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, Fuximori’ni Barbadillo qamoqxonasi binosi oldida uning farzandlari va tarafdorlari kutib olishgan. Fuximori’ni olib ketish uchun kelgan mashina shu qadar ko‘p ediki, darhol jo‘nab keta olmadi.

2017-yilning dekabrida Fuximori Peruning o‘sha paytdagi rahbari Pedro Pablo Kuchinski tomonidan afv etilgan edi. Biroq, 2018-yilda Inson huquqlari bo’yicha Amerikalararo sudi bu farmonni bekor qildi.

2022-yilning bahorida Peru Konstitutsiyaviy sudi Fuximorini ozod qilish haqida buyruq bergan, biroq buyruq bajarilmagan. 2023-yil 5-dekabrda Konstitutsiyaviy sud sobiq rahbarni zudlik bilan ozod qilishga qaror qildi.

Fuximori mamlakatni 1990-2000-yillarda boshqargan. Bu vaqt ichida u o‘z vakolatlarini oshirdi, Kongressni tarqatib yubordi va yangi Konstitutsiyani qabul qildi. Uning qo‘l ostida mamlakatda «o‘lim guruhlari» tashkil etilgan bo‘lib, ular oxir-oqibat 90-yillarda 25 kishining o‘limiga javobgar deb topilgan.

2000-yilda Fuximori mamlakatni tark etdi va uning partiyasidagi korruptsiya isbotlanganidan keyin parlament tomonidan hokimiyatdan chetlashtirildi. Sobiq prezident 2005-yilda Chilida hibsga olingan va 2007-yilda Peruga ekstraditsiya qilingan. O‘sha yili u korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib, 25-yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamoqdan ozod etilgani haqida xabar berilgandi. Uch yil avval Atambaev poraxo‘rlik aybi bilan 11 yilu ikki oyga qamalgan edi.

Shuningdek