IATA: COVID-19 pandemiyasi aviatsiya sektorining toʻrt yillik oʻsishiga tosqinlik qildi

eʼlon qilindi
2024-yilda transport harakatining normallashishi kutilmoqda
Foto: IrinaZharkova31 / depositphotos.com

Global aviakompaniyalar 2023-yilda 23,3 mlrd dollar daromad olsa, 2024-yilda esa 25,7 mlrd dollar o‘sadi. Sanoat COVID-19 pandemiyasi oqibatlaridan qutulayapti, garchi epidemiya sohaga to‘rt yillik rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa-da, deya xabar beradi «Sinxua» agentligi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasiga (IATA) tayanib.

«So‘nggi yillardagi katta yo‘qotishlarni inobatga olsak, 2024-yilda kutilayotgan 25,7 mlrd dollar sof foyda aviatashuvchilarning mustahkamligiga berilgan bahodir. (…) Tiklanish sur’ati hayratlanarli bo‘ldi, ammo pandemiya aviatsiya sektoriga taxminan to‘rt yillik o‘sishni yo‘qotgan ko‘rinadi», – deya IATA bosh direktori Villi Uolsh so‘zlarini keltirgan agentlik.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yoʻlovchi va yuk tashishning oʻsish dinamikasi 2024-yilda normallashadi.

Assotsiatsiya prognozlariga ko‘ra, kelasi yilda 4,7 mlrdga yaqin odam havo yo‘llari orqali sayohat qiladi. Bu mutlaq rekord bo‘ladi.

Yuk tashish hajmi 2023-2024-yillarda mos ravishda 58 va 61 mln tonnaga yetadi.

Avvalroq, «Kursiv» Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 dan ham yomonroq pandemiya xavfi haqida ogohlantirganini yozgan edi.

Shuningdek