Toshkent va Namangan viloyatlarida sel ko‘chish xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
8–13 dekabr
Foto: Piqsels

8-13-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida sel ko‘chishi mumkin, deb xabar berdi O‘zA.

Shuningdek, 10-12 dekabr kunlari Qamchiq togʻ dovonida kuchli yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Yo’llarda muz hosil bo’lishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 9-14 dekabr kunlari Oʻzbekistonga sovuq havo massalari kirib keladi. Mamlakat shimolida -20° gacha sovuq tushishi kutilmoqda.

11-dekabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zan hududlarda qorga aylanadi.

Shuningdek