VTB: O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidan transferlar bo‘yicha yetakchi beshlikka kiradi

eʼlon qilindi
Bu haqda bank raisi o‘rinbosari Georgiy Gorshkov ma’lum qildi
Foto: blinow61 /www.depositphotos.com

2023-yilda VTB mijozlari tomonidan xorijga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari soni bo‘yicha Tojikiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda, dedi bank raisi o‘rinbosari Georgiy Gorshkov.

Bu haqda u «ROSSIA CALLING!» 14-investitsiya forumida aytib o‘tdi. Pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha yetakchilik Belarusga tegishli, undan keyin Xitoy, uchinchi o‘rinda Qozog‘iston, Tojikiston va Armaniston turadi.

Gorshkovning so’zlariga ko’ra, ko’pincha bank mijozlari mobil raqam yoki mahalliy to’lov tizimlarining kartalariga pul o’tkazadilar. Joriy yilda jami 275 ming tranzaksiya amalga oshirildi.

Kelgusi yil VTB prognozlariga ko‘ra, transferlar hajmi o’tgan yil natijasini uch baravarga oshirib, 200 milliard dollardan oshadi.

2022-yilda VTB Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan blokirovka qilingan sanksiyalarga duchor bo‘ldi va bank ham SWIFT’dan uzildi.

Avgust oyining ikkinchi yarmida VTB Online xizmati orqali Rossiya Federatsiyasidan eng ko‘p pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan davlatlar ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaning tezkor to‘lov tizimi (SBP) orqali O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari VTB va Alfabank mijozlari uchun ochiq bo‘lganini xabar qilgan edi.

Shuningdek