Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

eʼlon qilindi
Xususan, AI-80 va AI-92 ishlab chiqarish oshadi
Foto: Saneg

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 ishlab chiqarishni kuniga 1 ming tonnagacha oshiradi, deb xabar berdi «Saneg» kompaniyasi matbuot xizmati.

Qaror qish mavsumida avtomobil yoqilg‘isiga bo‘lgan talab fonida qabul qilingan.


Kompaniya, shuningdek, korxonani modernizatsiya qilish benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini berganini ta’kidladi.

Farg‘ona NQIZ 1959-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 60 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari, jumladan, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaradi. Kompaniya o’z mahsulotining qariyb 94% O’zbekiston bozoriga yetkazib beradi.

2022-yil bahorida SEG (hozirgi Saneg) Farg‘ona NQIZ egasiga aylandi. O‘sha yilning kuzida kompaniya zavodni modernizatsiya qilish uchun 400 mln dollardan ortiq sarmoya kiritganini e’lon qildi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonga benzin yetkazib bera boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek