Uzbekistan Airways samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi sababli Toshkentga uchib kelmadi

eʼlon qilindi
Bort Sankt-Peterburgga qo‘ndi
Foto: Transport vazirligi

Uzbekistan Airways’ning Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyoti zo‘ravon yolovchi sababli muqobil aeroportiga qo’ngan, deb xabar berdi Uzbekistan Airways Telegram kanali.

Samolyot ekipaji Sankt-Peterburgga qo‘nishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi. 1991-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olindi. Gap HY-102 yo‘lovchi reysi haqida ketmoqda.

8-dekabr, juma kuni «Kursiv» tuman sabab uchta samolyot Namanganga qo‘na olmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek