O‘zbekistonda dam olish rossiyaliklar uchun qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Noyabr oyida
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda rossiyaliklar uchun dam olish narxi qariyb 3 % oshdi, deb xabar berdi «TASS» agentligi Rosstatga tayanib.

Noyabr oyida mamlakatimizga sayohat narxi o‘tgan oyga nisbatan 2,8 % oshdi. Shu bilan birga, oktabr oyida narx, aksincha, 4,2 % ga kamaydi.

Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi ma‘lumotlariga koʻra, yangi yil bayramlari uchun Oʻzbekistonga sayohat rossiyaliklarga 82,5 ming rubldan (894 dollar) 282 ming rublgacha (3058 dollar) turadi.

Rossiya sayyohlik agentliklari ushbu mamlakat fuqarolarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini qayd etadi. Masalan «Inturist» kompaniyasi mamlakatimizga turlar savdosi uch baravar oshgani haqida xabar berdi.

Avvalroq, «Kursiv» Samarqandda rossiyalik sayyohlar uchun «publar» ko‘chasi ochilishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek