Oʻzbekistonda kechasi havo harorati -20 darajagacha tushgan sovuq kunlar boshlanishi munosabati bilan binolarni isitish vaqtida xavfsizlikni taʼminlash zarur, deb eslatdi Oʻzbekiston Energetika vazirligi.
Xavfsizlikni ta’minlash uchun bir qator qoidalarga amal qilishi kerak. Masalan, nosoz yoki qo‘lbola ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan foydalanmaslik kerak. Bundan tashqari, isitish pechlari va ularning dudboronlarini holatini tekshirish, xonalarni isitish uchun gaz plitalarini ishlatmaslik, xonani ventilyatsiya qilish, isitish pechlarini haddan tashqari qizdirmaslik kerak. Gaz uskunalarini ulash qoidalariga rioya qilib va uni rezina shlanglar orqali ulashga yo’l qo’ymang, deb eslatdi Energetika vazirligi.
Avvalroq, «Kursiv» Gazprom O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yangi yo‘nalishlarni qidirmoqda deb xabar bergan edi.