Aziz Abduhakimov: O‘zbekiston iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biri

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya vaziri BMTning Dubaydagi anjumanida so‘zladi
Foto: Ekologiya vazirligi

Iqlim oʻzgarishi Oʻzbekiston ekotizimining degradatsiyasiga, yashash muhiti va bioxilma-xilligini yoʻqotishiga jiddiy ta’sir koʻrsatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov BMTning Dubayda bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ma’lum qildi.

Bu muammolarni hal qilish uchun mamlakat hukumati qo‘shni viloyatlar bilan hamkorlikni yaxshilashi, shuningdek, tabiatning xilma-xilligi va ko‘chmanchi hayvonlar turlarini asrab-avaylash va muhofaza qilishni istamoqda.

2024-yil 12-17-fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konventsiya ishtirokchilari Konferensiyasida bu masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu hodisa geografik chegaralardan qattiy nazar, tabiatni muhofaza qilish uchun kurashda muhim qadamdir.

Konventsiyaga Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniyadan 132 ta davlat kiradi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston iqtisodiyoti suvdan noratsional foydalanish tufayli har yili 5 mlrd dollar yo‘qotishi haqida xabar bergan edi. 2030-yilga borib mamlakatda uning tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetishi mumkin.

Shuningdek