“Gazpromneft” O‘zbekistonda gaz qudug‘i qurilishini muddatidan oldin yakunladi

eʼlon qilindi
88 kun o'rniga 58 kun ichida
Foto: Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi matbuot-xizmati

Rossiyaning «Gazpromneft-Noyabrskneftegaz» kompaniyasi Sho‘rtan konida (O‘zbekiston) quduq qurilishini yakunladi, deb xabar berdi «TASS».

Korxona rahbari Aleksey Ogorodovning so‘zlariga ko‘ra, quduqni burg‘ulash ishlari 58 kunda bajarilgan, rejalashtirilgan muddat esa 88 kun edi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya «O‘zbekneftgaz» bilan burg‘ulash markazini yaratish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Rossiya kompaniyasi mutaxassislari o‘zbekistonlik ishchilarni tayyorlashga yordam beradi.

Sho‘rtan gaz koni 1956-yilda ochilgan bo‘lib, uni o‘zlashtirish to‘rt yildan keyin boshlangan. Sanoatda gaz ishlab chiqarish 1980-yilda yo‘lga qo‘yilgan. «Ko‘k yoqilg‘i»ning tasdiqlangan zaxiralari 651 mlrd kub metrga baholanmoqda.

«Gazpromneft-Noyabrskneftegaz» 1981-yilda tashkil etilgan va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq, «Kursiv» Gazprom O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yangi yo‘nalishlarni qidirayotgani haqida e’lon bergan edi.

Shuningdek