Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
«Kanadadagi loyihamizdan boshlab, u yerda energiya ishlab chiqarishning SMR (kichik modulli reaktorlar – muharrir eslatmasi) ga oʻtishini koʻryapmiz, biz Oʻzbekiston, AQSh va Hindistonda ham biznesimizni kengaytirishni koʻrib chiqyapmiz», dedi kompaniya vakili.
2021-yilda tomonlar Kanadaning Alberta provinsiyasida loyihani ishga tushirish bo‘yicha memorandum imzoladilar.
Shu yilning dekabr oyida Hyundai va Koreyaning atom energiyasi tadqiqot instituti SMR eksporti bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Kompaniya loyihani moliyalashtiradi, institut esa energiya reaktorini yaratadi va unga litsenziya beradi.
Hyundai Engineering kompaniyasi 1974-yilda tashkil etilgan. Kompaniya sanoat va turar-joy binolarini loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u aqlli shaharlar va «yashil» energiya bilan bog‘liq loyihalar ustida ishlaydi.
Janubiy Koreya kompaniyasining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari orasida Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi uchun kombinat sikl stansiyasini qurish ham bor. 2020-yilda korxona Farg‘ona viloyatida issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilishda ishtirok etdi.
Avvalroq, «Kursiv» Janubiy Koreyaning Posco korporatsiyasi Qashqadaryo va Toshkent viloyatida klasterlar yaratishini yozgan edi.