Talabalar qishki ta’tilda poyezdda yarim narxda sotib olishlari mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Lekin Afrosiyob va VIP vagonlarda emas
Foto: Wassiliy/www.depositphotos.com

«O‘ztemiryo‘lyulovchi» 25 dekabrdan 7 yanvarga qadar qishki ta’tilda talabalar uchun poyezd chiptalariga 50% chegirma taqdim etadi.

Aksiya SV/VIP toifali vagonlar va Afrosiyob elektropoyezdlariga tarqatilmaydi.

Chiptalarni vokzal kassalarida ham, eticket.railway.uz onlayn xizmati orqali ham xarid qilish mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Uzairways talabalar uchun ichki reyslarga ham 50% chegirma joriy qilgani haqida e’lon qilgan edi. Chegirma 23-dekabrdan 7-yanvargacha amal qiladi.

Shuningdek