Toshkent aholisi sovuq ob-havo bilan qanday kurashmoqda – fotoreportaj

eʼlon qilindi
Poytaxtda havo harorati -10° gacha pasaydi

12-dekabr kuni poytaxtda havo harorati -10° gacha pasaydi. «Kursiv» shahar aholisi sovuq havo tufayli qanday muammolarga duch kelganini aniqladi.

Foto: «Kursiv»

Qor tufayli poytaxt yo‘llarida tirbandlik yuzaga keldi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ham uzun navbatlar mavjud.

Foto: «Kursiv»

Bundan tashqari, poytaxt metropolitenida ham muammolar kuzatildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar poyezdning Tuzel bekatiga yetib kelishini taxminan 25 daqiqa kutishgan.

Foto: «Kursiv»

Ayni vaqtda odamlar oqimi ko‘p bo‘lgani uchun kelayotgan poyezdlarga kirish qiyinlashmoqda.

Foto: «Kursiv»

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda havo harorati dekabr oyining o‘rtalariga qadar pasayishi haqida yozgan edi.

Shuningdek