12-dekabr kuni poytaxtda havo harorati -10° gacha pasaydi. «Kursiv» shahar aholisi sovuq havo tufayli qanday muammolarga duch kelganini aniqladi.

Qor tufayli poytaxt yo‘llarida tirbandlik yuzaga keldi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ham uzun navbatlar mavjud.

Bundan tashqari, poytaxt metropolitenida ham muammolar kuzatildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar poyezdning Tuzel bekatiga yetib kelishini taxminan 25 daqiqa kutishgan.

Ayni vaqtda odamlar oqimi ko‘p bo‘lgani uchun kelayotgan poyezdlarga kirish qiyinlashmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda havo harorati dekabr oyining o‘rtalariga qadar pasayishi haqida yozgan edi.