UzAirways Myunxenga parvozlar narxini pasaytirdi

eʼlon qilindi
Aksiya 15 dekabrdan boshlanadi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Uzbekistan Airways Myunxenga parvozlar uchun chiptalar narxini 20 foizga pasaytirdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Chegirmalar 15-dekabrdan 2024-yil 29-fevralgacha amalga oshiriladigan reyslar uchun amal qiladi.

12-dekabr holatiga ko‘ra, Toshkentdan Myunxenga eng arzon chipta narxi 3 million so‘m, eng qimmati 11,4 million so‘m.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalar narxini ikki barobarga arzonlagani haqida yozgan edi. Chegirma faqat ichki reyslarda amal qiladi.

Shuningdek