
13-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 12 367,00 so‘mni tashkil qildi. Bugun AQSh valyutasining kursi 18 so‘mga ko‘tarildi.
Mamlakatning banklari dollarni 12 290 – 12 345 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 370 – 12 430 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh valyutasining qiymati uch kun davomida o‘sib bormoqda. 11-dekabr kuni uning kursi 15,03 so‘mga. 12-dekabr esa 21,99 so‘mga ko‘tarilgan edi.