Ericsson O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi

eʼlon qilindi
Mamlakatdagi aloqa stansiyalarini modernizatsiya qilish
Foto: Fredrik Sandberg via REUTERS

Shvetsiyaning telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchi Ericsson kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Bu masala O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik bo‘yicha byurosi rahbari Oybek Shahavdinovning Ericsson kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlarining baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va 5G-aloqasi qamrovini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Ericsson kompaniyasiga 1876-yilda shved tadbirkori Lars Magnus Ericsson tomonidan asos solingan. 2001-yildan 2012-yilgacha kompaniya Yaponiyaning Sony korporatsiyasi bilan birgalikda Sony Ericsson brendi ostida mobil telefonlar va smartfonlar ishlab chiqargan.

2022-yil oxirida Ericsson’ning sof foydasi 19,1 mlrd shved kroniga (1,8 mlrd dollar) yetdi.

Avvalroq, «Kursiv» Ericsson’ning 2023-yilning birinchi choragidagi sof foydasi ikki baravar kamayganini yozgan edi.

Shuningdek