Gonkong grippi H3N2 O‘zbekistonda tarqalmoqda

eʼlon qilindi
O‘RVI bilan kasallanish darajasi 34.3%
Foto: Exploderasi / depositphotos.com

O‘tgan haftada respublika aholisi o‘rtasida O‘RVI bilan kasallanishning ikki hafta oldin bo‘lgan 25,5% kamayishi qayd etildi. Toshkent shahrida ham 25,4% pasayish kuzatildi. Ayni paytda O‘zbekistonda asosan Gonkong grippi deb nomlanuvchi A tipidagi gripp (H3N2) keng tarqalgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligi qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Bizda virusologiya laboratoriyalari bor, bu laboratoriyalarda “aylanib yurgan» viruslarni qidiramiz. Agar siz laboratoriya ma’lumotlariga e’tibor qaratsangiz, A tipidagi gripp (H3N2) asosan keng tarqalgan. Bizga bu shtamm yaxshi tanishmiz , O‘zbekistonda ushbu grippga qarshi 2,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Biz kimni oldindan emladik? O‘qituvchilarni, tibbiyot hodimlarini, «Saxovat» va mehribonlik uyi tarbiyachilari, tarbiyalanuvchilarni va bolalarni havf osti guruhiga mansub qatlamini emladik. Kasallikni o‘rganganimizda, kasallanish asosan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida qayd etilganiga guvoh bo‘ldik”,- izoh berdi Nurmat Otabekov.

Shunga qaramay, O‘RVI bilan kasallanish darajasi hali ham 34,3% ni tashkil etadi, bu epidemiya chegarasidan past emas.

0-1 yoshdagi bolalar orasida yuqori kasallanish qayd etilgan. Buning sabablaridan biri shifokor bilan maslahatlashmasdan o’zboshimchalik bilan davolanishdir.

Respublikada gripp va o‘tkir respiratorli infeksiyalar bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 8838 o‘rin yaratilib, ularda 6 ming nafar bemor davolanmoqda.

Qo‘mitaning hududiy laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra grippning A turi (H3N2) ham aniqlandi.

Avvalroq, «Kursiv» Xitoy hukumati yangi virus paydo bo‘lishini inkor etmoqda, deb xabar bergan edi.

Shuningdek