Mangu alangaga qor otgan o‘zbekistonlik o‘smirlar Rossiyadan chiqarib yuboriladi

eʼlon qilindi
Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi jazo haqli deb hisobladi
Foto: Sankt-Peterburg IIBB

Sankt-Peterburg sudi Mangu alanga harbiy yodgorligiga qor otgan maktab o‘quvchilarining oilalarini Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi, deb xabar berdi «TASS» axborot agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlarning ota-onalari migratsiya xizmatida ro‘yxatdan o‘tmagan, balki mamlakatda yashab, ishlab kelgan. Oilalar Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi, «Kelish rejimini buzish» bo‘yicha jarimaga tortildi.

Hozir bolalar ixtisoslashtirilgan muassasalarda, ota-onalari esa chet el fuqarolari uchun markazda joylashishgan. Ayni vaqtda «Mangu alanga»ni bevosita o‘chirgan bola voyaga yetmaganlar vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. O‘smir 11 yoshda.

Hodisa 10-dekabr kuni Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Krasnoye Selo qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 11 yoshli bola 10 va 14 yoshli do‘stlari ishtirokida Mangu olovga qor uloqtirishgan.

Rossiya musulmonlari diniy idorasi rahbari, muftiy Albir Krganov bunday jazoni haqli deb aytdi.

Shuningdek