O‘zbekiston yana Falastin va Isroil o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga ovoz berdi

eʼlon qilindi
Qarorni 153 davlat qo‘llab-quvvatladi
Foto: Reuters

BMT Bosh Assambleyasi Falastin-Isroil mojaro hududida sulh tuzishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ma’qulladi. O‘zbekiston hujjat uchun ovoz berdi, deb xabar beradi TASS.

Qarorni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston doxil 153 davlat qo‘llab-quvvatladi. 10 ta davlat, jumladan, Avstriya, AQSh va Isroil qarshi ovoz berdi. Qolganlari ovoz berishda betaraf qoldi.

Misr va Mavritaniya rezolyutsiyani tayyorlash tashabbuskori bo‘lib, ushbu hujjatda faqat insonparvarlik maqsadlari borligini ta’kidladi.

Bu birinchi bunday rezolyutsiya emas. Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston ham «yoqlab» ovoz berganini yozgan edi. Keyin 14 davlat bunga qarshi chiqdi, biroq uch oydan keyin Xorvatiya, Fiji va Tonga rezolyutsiya foydasiga qarorini o‘zgartirdi. Marshall orollari bu safar ovoz berishdan voz kechishga qaror qildi.

Qurolli to‘qnashuv 7-oktabrda, XAMAS jangarilari Isroil chegarasi hududiga hujum qilgan paytda boshlangan.

Bunga javoban Isroil 50 yil ichida birinchi marta urush e’lon qildi va yirik harbiy amaliyotlarni boshladi.

Shuningdek