Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur Toʻlaganov Oʻzbekistondagi haydo‘vchilarni yoʻl chetida turgan vatandoshlarni manziliga yetqazib qo‘yishga chaqirdi.
Toʻlaganovning aytishicha, mamlakatdagi sovuq havo tufayli taksilar narxi oshgan va fuqarolar arzon narxda manzillariga yetish uchun yo‘lda turib avtomobil kutishga majbur bo‘lmoqdalar.
Shuningdek, u O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlarini ham aksiyaga qo‘shilishga chaqirdi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda sovuq tufayli tirbandliklar yuzaga kelgani haqida yozgan edi.