UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarni Uznetda tarqatilayotgan pulli onlayn shartnomalar haqidagi xabarlarga ishonmaslikka, shaxsiy maʼlumotlarni firibgarlarga bermaslikka chaqirdi.
UzAuto Motors avtomobillar uchun onlayn shartnomalar tizimi bepul ekanligini eslatdi. Platforma IOS va Android tizimidagi smartfon ilovasi hamda savdo.uzavtosanoat.uz saytida mavjud.
Avvalroq, «Kursiv» 2024-yildan boshlab UzAuto Chevrolet Lacetti avtomobilini sotuvdan olinishi haqida yozgan edi.