Oldin yopilgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari qisqa vaqtga qayta ochiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Biroq aniq sana haqida xabar berilmagan
Foto: Nuz.uz

Yaqin vaqt ichida avval cheklovlar kiritilgan beshta viloyat va Toshkent shahrida gaz quyish shoxobchalari faoliyati qisqa muddatda tiklanadi, deb xabar qildi «Xududgazta’minot» matbuot xizmati.

Mutaxassislar Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi gaz quyish shoxobchalarini qisqa muddatda qayta tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq aniq sana ma’lum qilinmagan.

«Xududgazta’minot» AJ kecha, 13-dekabr kuni mazkur hududlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopilganini ma’lum qildi. 1,1 ming yoqilg‘i quyish shoxobchasining 547 tasi o‘z faoliyatini davom ettirdi, bu esa aholiga ta’minotni jamlash maqsadida amalga oshirildi.

Yana yangi va tezkor yangiliklar telegram kanalimizda –>

Shuningdek