O‘zbekiston 2023-yilda rossiyaliklar uchun eng mashhur havo yo‘nalishlaridan biriga aylandi

eʼlon qilindi
Tadqiqot “Tutu.ru” sayyohlik xizmati tomonidan o‘tkazildi.
Foto: imagebrokermicrostock / www.depositphotos.com

MDH davlatlari 2023-yilda rossiyaliklar uchun eng mashhur aviatsiya yo‘nalishlariga aylandi. O‘zbekiston eng ommabop yo‘nalishlar beshligiga kirdi, deb yozadi TASS agentligi Tutu.ru sayyohlik servisi tadqiqotiga tayanib.

Yurtimizdan tashqari Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Armaniston ham yuqori o‘rinlardan joy oldi. Oltinchi eng mashhur havo yo‘nalishi Turkiya bo‘ldi.

2023-yilda sobiq ittifoq respublikalari rossiyaliklar tomonidan chiqarilgan chiptalarning 12,2% tashkil qilgan. Evropa mamlakatlari uchun bu ko‘rsatkich 0,5% ni tashkil etdi.

Qo’shni davlatga har ikki yo‘nalishda sayohat uchun o‘rtacha hisob 2022-yilga nisbatan 4% oshdi va deyarli 27 ming rublga etdi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning birinchi choragida rossiyaliklar Tojikiston va O‘zbekistonga ko‘proq uchishgan, deb xabar bergan.

Shuningdek