O‘zbekiston aholisini Yangi yil bayramida qanday ob-havo kutmoqda

eʼlon qilindi
Sinoptiklarning dastlabki prognozlariga ko'ra
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonda 21—31-dekabr kunlari kunduzi 0…+5° dan +7…+12° gacha bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi Oʻzgidromet.

Shu kunlarda kechasi havo harorati 0…+5° dan -3…-8° gacha soviydi.

18-dekabr kuni mamlakatda havo harorati kechasi 0…-5° iliq, kunduzi +5…+10° gacha bo‘ladi. 19—20-dekabr kunlari sinoptiklar kechasi -3…+2°, kunduzi 0…+5° iliq bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 16 dekabr kuni qor yog‘ishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek