Semirib ketish O‘zbekiston iqtisodiyotiga yalpi ichki mahsulotning 5% tashkil qiladi
Jahon banki, JSST va Butunjahon semirishga qarshi federatsiyasi (WOF) maʼlumotlari asosida hisoblangan CERR ekspertlari 2060-yilga borib Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun semirishning oqibatlari 21,6 mlrd dollar yoki YaMM 4,7% tashkil qilishi mumkin.
O’rtacha tana massasi indeksi (TMI) 1991-yildan beri tez o‘sib bordi va 26,5 kg /m2 ga yetdi. Bu koʻrsatkichlar Markaziy Osiyoda eng yuqorisidir.
Ortiqcha vazn yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, tayanch-harakat tizimi va onkologiya bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.
2030 va 2060-yillarga kelib, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kattalar ulushi mos ravishda 59% va 80% ga yetadi.
Buning oqibatlari umumiy xarajatlarning 12 barobar oshishiga ham olib keladi.
Vaholanki, O‘zbekistonda har o‘ninchi bola to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. 1990-yillarda bu ko‘rsatkich 30% dan yuqori bo‘lgan va 2010 yilda 20% dan yuqori bo‘lgan.
Avvalroq, «Kursiv» YeTB Markaziy Osiyoga ochlik bilan kurashish uchun 1,2 mlrd dollar ajratishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi. Mintaqaning 10 mlndan ortiq aholisi sog‘lom oziq-ovqat iste’mol qilish imkoniyatiga ega emas.