Yangiliklar

Сobalt, Damas va Labo uchun shartnomalar dekabr oyining o’rtalaridan boshlanadi

Aniq sana hozircha noma’lum
Foto: bortnikau/www.depositphotos.com

UzAuto Motors ma’lumotlariga koʻra, «Cobalt», «Damas» va «Labo» avtomobillari uchun shartnomalar dekabr oyining oʻrtalaridan boshlab amalga oshiriladi. Aniq sana keyinroq e’lon qilinadi.

Shartnomalar OneID tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Aytish joizki, ishlab chiqaruvchi kompaniya oktabr oyida narxlarni 7-9 mln so‘mga oshirgan edi.

Labo LB2 Plus narxi 91,6 mln so‘mdan 96,3 mln so‘mga, Damas D2 DLX Style Plus narxi esa 92,2 mln so‘mdan 96,9 mln so‘mga oshdi.

Avvalroq, «Kursiv» Lacetti sotuvdan olinadi, deb xabar bergan edi.