YeTTB O‘zbekistonda yashil investitsiyalarni rivojlantirish uchun 10 mln dollar ajratadi

eʼlon qilindi
GEFF Uzbekistan II dasturi doirasida
Фото: Depositphtots

YeTTB Oʻzbekistonda «yashil» investitsiyalarni rivojlantirish uchun 10 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.Mablagʻ oluvchisi Hamkorbank boʻladi, deb xabar qildi moliya instituti matbuot xizmati.

Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF Uzbekistan II) doirasida mablag‘ kompaniyalar va uy xo‘jaliklarini energiya samaradorligini oshirish uchun kreditlashni kengaytirishga yo‘naltiriladi. Bu korxonalarga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeTTB savdo va yashil iqtisodiyotni yaxshilash uchun «Ipak yo‘li» bankiga 45 mln dollar miqdorida kredit ajratishga qaror qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» YeTTB Markaziy Osiyodagi yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln yevro ajratishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek