Neft iste’moli bo’yicha prognoz o’zgardi, xomashyo qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Brent neftining bir barreli 76 dollardan oshdi
Foto: Depositphotos

Xalqaro energetika agentligi (IEA) 2024-yilda neftga bo‘lgan talabning oshishini prognoz qildi. Bunga javoban xomashyoning jahon narxlari oshdi, deb yozadi Reuters.

Shunday qilib, Brent neftining narxi 3,2 foizga oshib, bir barrel uchun 76,61 dollarni tashkil qildi. West Texas Intermediate (WTI) 3 foizga qimmatlashdi: bunday neftning bir barreli hozirda 71,58 dollar turadi.

IEAning yangilangan maʼlumotlariga koʻra, kelgusi yilda global neft isteʼmoli kuniga 1,1 million barrelgacha koʻtariladi.

Tahlilchilarning fikriga ko’ra, IEA baholashining neft narxiga ta’siridan tashqari, AQSh dollarining zaiflashishi bozorga ta’sir qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» neftni tashish xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar bir kun avval xomashyo narxining oshishiga sabab bo‘lganini yozgan edi.

Shuningdek