Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour Finals 2023 da uchinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonlik grossmeyster turnirdagi egallagan o‘rni uchun 50 ming dollar mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi
Foto: Uzbekistan Chess Federation

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilgan Champions Chess Tour Finals 2023 turnirida uchinchi o‘rinni egalladi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etdi. Yarim finalda Nodirbek final ishtirokchisini aniqlash uchun hal qiluvchi armageddon partiyasida Uesli Soga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekistonlik grossmeyster turnirdagi egallagan o‘rni uchun 50 ming dollar mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonda ham katta turnir bo‘lib o‘tadi. 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning tantanali ochilish marosimi 25-sanaga belgilangan.

Shuningdek