“O‘zbekkosmos” Qo‘shtepadagi avariyani rad etdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kuni kecha “Chegara bilmas daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi Qo‘shtepa kanalida suv ofati haqida xabar berdi.
Foto: Ariana News

«O‘zbekkosmos» agentligi Qo‘shtepa kanalida yirik avariya yuz bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Departamentning taʼkidlashicha, suv toshqini yer osti suvlarining koʻtarilishi bilan bogʻliq.

Kuni kecha «Chegara bilmas daryolar» xalqaro ekologik koalitsiyasi Qoʻshtepa kanali buzib o‘tgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib, inshoot devorlari suv oqimi bosimiga bardosh bera olmasligini yozishdi. Natijada kanal yorilib ketdi: suv 9 km maydonga tarqaldi.

«O‘zbekkosmos» mutaxassislari koinotdan olingan suratlar yordamida vaziyatni o‘rganishdi.

«Kanal qazila boshlangan joyda 2022-yil may oyida yer osti oqava suvlari koʻtarilgan. Qurilish jarayonida kanalning to‘rtta uchastkasiga sun’iy to‘siqlar o‘rnatilib, 2023-yil 10-oktabrda birinchi faza yakunlanganidan keyin to‘liq olib tashlangan. Natijada ushbu manzilda suv toshqinlari sodir bo‘ldi», — deyiladi agentlik xabarida.

4-noyabr kuni kanalning 75,6 kmda, o‘ng qirg‘oqning 30 metrli qismida suv sizib chiqishi kuzatildi. 13-dekabr holatiga ko‘ra, suv to‘kilgan maydon 30,3 kv.km.ni tashkil qilgan. Biroq suv toshqinini bartaraf etish choralari ko‘rilmagan.

«O‘zbekkosmos»dan ma’lum qilishlaricha, kanal va Amudaryo tutashgan joyida to‘liq qazilmagan 20 metrli uchastka mavjud. Tasvirlar tahlili sun’iy kanal qirg‘og‘ida yer osti suvlarini to‘kish bo‘yicha ishlar olib borilayotganiga oid vizual dalillarni aniqlamadi.

Avvalroq, «Kursiv» Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali Markaziy Osiyoning umumiy havzalaridan, jumladan, Amudaryodan yiliga 10 kub kilometr suv olishi haqida avval xabar bergan edi.

Shuningdek