Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

eʼlon qilindi
Rossiya Federatsiyasiga yordami uchun
Foto: vverve/www.depositphotos.com

GFK Logistic Asia MChJ va Alfa Beta Creative MChJ Rossiya Federatsiyasiga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergani uchun Yaponiya eksport cheklovlariga duchor bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot vazirligi saytida ma’lumot e’lon qilindi.

Alfa Beta Creative ofis jihozlarini sotadi, GFK Logistic Asia esa quruqlikdagi logistika xizmatlarini taqdim etadi.


Bulardan tashqari ro‘yxatga Rossiyaning 57, Belarusning 27, BAAning ikkita va Suriyaning bir kompaniyasi ham kiritilgan.

Noyabr oyi oxiri va dekabr boshida Kiyev sanktsiyalar ro‘yxatiga O‘zbekistonning Oxangaroncement va Foton kompaniyalarini, shuningdek, Hamriyah Steel bosh direktori Shohrux Nosirxo‘jaevni qo‘shgan.

Avvalroq, «Kursiv» Buyuk Britaniya Mvizionga qarshi sanksiyalar kiritganini yozgan edi. Mamlakat rasmiylariga ko’ra, ular «Putin boshqarayotgan urush mashinasini ta’minlaydi va moliyalashtiradi».

Shuningdek