Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yer silkinishlari 175 metr chuqurlikda qayd etilgan
Foto: Piqsels

18-dekabr, dushanba kuni Afg‘onistonda 4,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Seysmik prognozlar monitoringi xizmati.

Yer silkinishlari 175 metr chuqurlikda qayd etilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha boʻlgan masofa — 519 km.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Qirg‘izistonda 4,5 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida ham sezildi.

Avvalroq, «Kursiv» Afg‘onistonda shu yilning kuzida yuz bergan zilzila olti qishloqni vayron qilgani haqida yozgan edi. O‘shanda 2 mingdan ortiq odam halok bo’ldi.

Shuningdek